Rio-de-Janeyro aeroportida norozilik aksiyasini o‘tkazayotgan politsiya xodimlari tashrifchilarni o‘ziga xos banner bilan kutib olmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.
“Jahannamga xush kelibsiz. Politsiya va o‘t o‘chiruvchilarga maosh to‘lanmaydi, Rio-de-Janeyroga keluvchilar xavfsizlikda bo‘lmaydi”, — deb yozilgan bannerda.
Bundan tashqari, aeroportdan shaharga olib boradigan avtostradada noma’lum shaxslar “Xush kelibsiz, bizda shifoxonalar yo‘q!” deb yozib qo‘ydi.
17-iyun kuni shahar gubernatori Fransisko Dornelles federal budjetdan huquq-tartibot organlari va jamoat transportiga qo‘shimcha pul ajratishni talab qildi. Aks holda bu xizmatlar to‘xtab qoladi, deb ogohlantirdi amaldor.
Izoh (0)