O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 28-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2943 so‘m 46 tiyin etib belgilandi. Bu 21-iyundagi kursga nisbatan 4 so‘m 75 tiyinga ko‘p.
28-iyundan e’tiboran 1 yevro qiymati 3334 so‘m 25 tiyin (21-iyundagi kursga nisbatan 9 so‘m 27 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 443 so‘m 46 tiyin (21-iyundagi kursga nisbatan 3 so‘m 27 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 44 so‘m 92 tiyin (21-iyundagi kursga nisbatan 1 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)