AdMe bizga odatiy bo‘lib qolgan narsalarni qulayroq qilishning o‘nta usuli bilan bo‘lishdi.
Kolani somoncha bilan ichamiz
Somonchani bankaning uzib olinadigan tilchasidagi teshikcha orqali kiriting, shunda u hech qachon chiqib ketmaydi.Quymoqni dumaloq shaklda pishiramiz
Quymoqni dum-dumaloq ko‘rinishda pishirish uchun maxsus moslama kerak emas, balki bor-yo‘g‘i oddiy piyoz halqasi zarur bo‘ladi.Kabellarni ulaymiz
Kabellar tortilgan vaqtda chiqib ketmasligi uchun, ular ulangan joyni kichik tugun orqali mahkamlang.Sarimsoqpiyoz tozalaymiz
Sarimsoqpiyozni bankaga soling, qopqog‘ini yopib, birmuncha vaqt silkiting.Manikyur qilamiz
Tirnoqlarni batartib bo‘yash uchun mana shu sxemaga rioya qiling.Ichimliklarni tezkorlik bilan sovitamiz
Butilkadagi ichimlik tez sovisin desangiz, uni nam qog‘oz sochiq bilan o‘rab, sovitgichga 15 daqiqaga qo‘ysangiz kifoya.Bog‘ichlarni bog‘laymiz
Bu usulni Ayana Figen o‘ylab topgan. Shu tariqa, poyabzal bog‘ichlari hech qachon yechilib ketmaydi.Muzqaymoqli buterbrod tayyorlaymiz
Muzqaymoq qadog‘ini kesib oling, uni pechenye yoki biskvit ustiga qo‘ying, ustini yoping. Vualya!Plastik o‘ramni ochamiz
Ba’zan qattiq plastik o‘ramlarni qaychida kesib bo‘lmaydi, shunda konserva pichog‘idan foydalanish mumkin.
Futbolkani taxlaymiz
Mana shu ko‘rsamaga rioya qiling, bu juda oddiy va tez.
Izoh (0)