Fransuz mutaxassislari EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyotining ma’lumotlar registratori elektron tashuvchisini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Samolyot O‘rtayer dengizida halokatga uchragan edi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Halokat yuzasidan surishtiruv komissiyasining ma’lum qilishicha, qurilma samolyot parvozi parametrlari haqidagi ma’lumotlar mavjud axborotga ega ekanligi aniqlangan. Boshqarma uchuvchilar kabinasi so‘zlashuv o‘ziyozarlarining xotira kartasi ta’miri 28-iyun kuni amalga oshirilishini ta’kidladi.
Samolyot bort o‘ziyozarlarining xotira kartasi 27-iyun, dushanba kuni ta’mir uchun Qohiradan Parijga yetkazilganligi ta’kidlanmoqda. “Qora quti”lar qayta tiklangandan so‘ng, ulardagi axborotlarni tahlil qilish uchun Misrga qaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan, bortida 66 kishi bo‘lgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi.
Izoh (0)