Yevro—2016 start olmay turib “Daryo” o‘z o‘quvchilari o‘rtasida musobaqada kimning chempion bo‘lishi borasida so‘rovnoma o‘tkazgandi. Unda ishtirok etganlarning 33 foizi Germaniya Yevropa Chempionatida g‘olib chiqishiga ishonch bildirgan.
So‘rovnomada Ispaniyaning chempion bo‘lishiga 18 foiz o‘quvchi ishongan. Italiyada esa bu ko‘rsatkich 4 foiznigina tashkil qilgan.
Turnirning guruh bosqichidan keyin nimchorak final juftliklari aniq bo‘lgach, so‘rovnoma shakli biroz o‘zgardi, biroq savol o‘sha-o‘shaligicha qoldi. Endilikda o‘quvchilar juftlik ko‘rinishida o‘z tahminlarini bildirishlari kerak edi.
Natijalar Yevro—2016 start olgunicha bo‘lgan davr va guruh bosqichidan keyingi paytdagi kattagina tafovutni ko‘rsatdi. Ikkinchi so‘rovnomada Italiya yoki Ispaniya termalaridan birining chempion bo‘lishini tahmin qilgan o‘quchilar 30 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, Germaniya — Slovakiya 24 foiz ovoz to‘pladi.
Guruh o‘yinlaridagi natijalar Xorvatiya hamda Portugaliyaga bo‘lgan ishonchni oshirib yuborgan. Belgiya, Fransiya, Angliya kabi yetakchilarga bo‘lgan ishonch esa kamayib ketgan.
Izoh (0)