Nigeriyada 22-iyun kuni jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Avstraliya firmasining yetti nafar xodimi, jumladan, uch nafar avstraliyalik, bir nafardan Yangi zelandiyalik va Janubiy afrikalik ozod etildi. Reuters agentligining 26-iyun, yakshanba kuni ma’lum qilishicha, ularga zarar yetmagan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Lafarge sement kompaniyasining o‘g‘irlab ketilgan xodimlari bugun Kross-River shtati ma’muriy markazi Kalabaradan olib chiqildi. Ular tirik va sog‘-salomat”, — dedi shtat gubernatorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jud Jajim.
Avstraliya firmasi xodimlarini olib ketayotgan avtobusga 22-iyun kuni tongda Kalabara yaqinidagi Akpabuyo tumanida hujum uyushtirilgan edi. Avvaliga mahalliy politsiya besh kishi, jumladan, ikki avstraliyalik, ikki nigeriyalik va bir Janubiy afrikalik o‘g‘irlab ketilganini, ularning haydovchisi otib ketilganini xabar bergan. Avstraliya OAVlari esa uch nafar avstraliyalik va bir nafar Yangi zelandiyalik o‘g‘irlanganligini ma’lum qilgan edi. Ular Avstraliyaning Macmahon qurilish konserni xodimlari bo‘lgan.
Garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha tovon puli to‘lash yuzasidan hech qanday talab kelib tushmagan
Izoh (0)