Ispaniya hukumati rahbari lavozimini vaqtincha bajaruvchi Mariano Raxoyning Konservativ Xalq partiyasi 26-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda TVE telekanali tomonidan chop etilgan exit polls (saylov uchastkasidan chiqishdagi fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy so‘rov) natijalari dalolat beradi, deya xabar qilmoqda “RBK”.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, Xalq partiyasi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi parlamentda taxminan 117 dan 121 tagacha o‘rinni egallaydi. Bu unga yakka holda ko‘pchilikni shakllantirish imkonini bermaydi, buning uchun 176 nafar deputat bo‘lishi talab etiladi.
Saylovlarda Unidos Podemos koalitsiyasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Ular Sotsialistik partiyadan oldinga o‘ringa o‘tishga erishdi.
To‘rtinchi o‘rinni Ciudadanos liberalistik partiyasi egalladi, ular parlamentda 26 nafar deputatga ega bo‘ladi.
Izoh (0)