Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yevro—2016 guruh bosqichida musobaqaning so‘nggi ikkitasida chempionlikni qo‘lga kiritgan Ispaniya ustidan zafar quchgan Xorvatiya terma jamoasi nimchorak finalda Portugaliyaga imkoniyatni boy berdi.

Foto: UEFA rasmiy sayti

Foto: UEFA rasmiy sayti

O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Natijada bosh hakam g‘olibni aniqlash uchun 15 daqiqadan ikkita qo‘shimcha taym belgilashga majbur bo‘ldi.

116-daqiqaga kelibgina portugaliyaliklar g‘alaba to‘pini kiritdi. Xorvatiyaning yoppasiga hujumga o‘tib ketganidan foydalangan portugaliyalik futbolchilar tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Ronalduning zarbasini darvozabon bartaraf qilgan bo‘lsa, qaytgan to‘pni Rikardo Kuarejma darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan 5 daqiqa Xorvatiya uchun hisobni tenglashtirishga kamlik qildi. Shu tariqa Luka Modrich, Ivan Rakitich, Ivan Perishich, Mario Manjukich kabi futbolchilari bor terma jamoa ham Yevro—2016 bilan xayrlashdi.

Portugaliya terma jamoasi chorak finalda Shveysariyani turnirdan chiqarib yuborgan Polsha bilan to‘qnash keladi.

[wpse_match id="368872" show_title=1]

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda