Xitoyning Szyansu provinsiyasiga yopirilgan dovul qurbonlari soni 99 kishiga yetdi. 846 kishi turli darajada jarohat oldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Oldinroq tabiiy ofat oqibatida 78 kishi halok bo‘lgani va salkam 500 kishi yaralangani bildirilgandi.
Provinsiyaning Yanchen shahrida dovul uylarni vayronaga aylantirdi, ekin yerlari va elektr tarmoqlariga shikast yetkazdi, xavfli kimyoviy moddalar saqlanadigan quyosh batareyalari zavodi vayron bo‘ldi.
Shahar rasmiylariga ko‘ra, uy-joysiz qolgan 1,5 mingdan ortiq kishi vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirildi. Qutqaruvchilar shikastlangan elektr va telekommunikatsiya tarmoqlari, suv quvurlarini tiklamoqda.
Izoh (0)