Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

26-iyun, yakshanba kuni Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegara zonasida magnitudasi 6,3 ga teng zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi va AQSh Geologiya xizmati xabar bermoqda.

Foto: “1news.az”

Foto: “1news.az”

Zilzila epitsentri Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridan taxminan 390, O‘sh shahridan 122 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 20 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

“Toshkent” markaziy seysmostansiyadan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, zilzila kuchi Toshkent va Andijon shaharlarida taxminan 3 ballni tashkil etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi