Moskvaning Vnukovo aeroportida yurak xastaligi oqibatida yo‘lovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
1937-yilda tug‘ilgan keksa yo‘lovchi ro‘yxatga olish peshtaxtasi oldida vafot etdi.
Aeroportda bir sutka ichida inson qazosi bilan bog‘liq ikkinchi holat kuzatilmoqda — ilgariroq samolyotga yo‘lovchilarni tashiydigan avtobus haydovchisi yuragidagi muammo tufayli olamdan o‘tgan edi.
Ikki holat ham ob-havoning issiqligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)