Iroqdagi Al-Falluja shahri IShID jangarilari qo‘lidan butunlay ozod etildi. Bu haqda Iroq armiyasining terrorga qarshi kurash bo‘linmasi rahbari Abdulvahob as-Sa’diy bayonot berdi, deb yozmoqda “RBK”.
As-Sa’diyning ta’kidlashicha, Al-Fallujadagi harbiy operatsiya yakunlandi. Endi qo‘shinlar uylar va ko‘chalardagi minalarni zararsizlantirish bilan shug‘ullanadi.
As-Sa’diy bu yangilik bilan Iroq xalqi va bosh qo‘mondonini tabrikladi.
Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Al-Fallujada jangarilar ustidan g‘alaba qozonilganini 17-iyun kuni e’lon qilgan edi.
Al-Fallujadagi operatsiya may oyida boshlangan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)