Xitoylik erkak Lyan Shi mana 20 yildirki universitetga kirish uchun imtihon topshirib kelmoqda. Bu haqda, “Jenmin Jibao” nashrining elektron versiyasiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sichuan provinsiyasida 2016-yilgi imtihon natijalari 22-iyun kechasi e’lon qilindi. 49 yoshli Lyan Shi 453 ball to‘pladi va birinchi marta ikkinchi darajadan yuqoriroqqa ko‘tarildi.
Ammo erkakning ta’kidlashicha, bu natija uni qoniqtirmaydi, negaki Lyan Shi birinchi darajali oliygohga kirishni istaydi. Lyan Shi joriy yilda universitetga hujjat topshirishdan bosh tortib, keyingi yil imtihonlariga hozirlik ko‘rishni boshlab yubormoqchi.
Izoh (0)