Venesuela muxolifati yetakchilari referendumda prezidentning iste’fosi haqidagi petitsiya ostida yetarlicha imzo to‘plagani va bu ularga Nikolas Maduroni vakolatlaridan mahrum etishning keyingi bosqichiga o‘tish imkonini berishini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Referendum davomida yuz minglab venesuelaliklar petitsiyadagi imzolarning haqiqiyligini tekshirish ushun o‘z barmoq izlarini qoldirdi.
Referendum koordinatori Visente Bello imzolar soni zarur minimumdan oshgani aniqligini e’tirof etdi.
Endi natija saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanishi zarur. Prezidentni vakolatlaridan mahrum qilish uchun to‘rt million imzo kerak bo‘ladi.
Muxolifat Maduroni inflyatsiya va oziq-ovqat hamda asosiy mahsulotlarning yetishmovchiligiga olib kelgan sotsialistik siyosat yuritganlikda ayblamoqda.
Izoh (0)