AQSh farmatsevtika sanoati giganti Pfizer Anacor Pharmaceuticals kompaniyasini sotib olish bo‘yicha kelishuv yakuniga yetganini ma’lum qildi. Kelishuv summasi 5,2 milliard dollarni tashkil etdi, Pfizer Anacor’ning har bir aksiyasi uchun 99,25 dollar to‘laydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Pfizer ekzemaga qarshi preparat ishlab chiqaruvchi kompaniya sotib olinishi to‘g‘risida 16-mayda e’lon qilgandi. Anacor tomonidan tayyorlangan Crisaborole geli yengil va o‘rta darajadagi teri ekzemasini davolash uchun mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, keyingi 15 yil davomida Qo‘shma Shtatlarda keng tarqalgan va 25 million kishi aziyat chekadigan surunkali teri kasalligi — ekzemaga qarshi birorta ham yangi preparat ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
Izoh (0)