Panamada avj olgan gripp epidemiyasi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq 18 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 600 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Gospitalizatsiyaga muhtoj bo‘lgan 1,54 mijozdan 388 nafari hozirga qadar shifoxonada qolmoqda.
Aprel o‘rtalaridan beri 4 million aholi istiqomat qiladigan mamlakatda 800 ming kishi grippga qarshi emlandi, yaqin orada Panamaga 1,18 million doza vaksina keltiriladi. Prezident Xuan Karlos Varela nafaqat kam ta’minlangan fuqarolar orasida, balki ommaviy vaksinatsiya o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)