Hubble kosmik teleskopi 2016-yilning 16-mayida Neptun sayyorasining janubiy yarim sharidagi ulkan dog‘ning suratlarini oldi. Bu muz gigantidagi dog‘ning XXI asrda olingan ilk fotosuratidir, deb xabar berilmoqda NASA saytida.
Neptundagi dog‘ haqida ilk ma’lumotlar 1989-yilda qo‘lga kiritilgan edi. Voyager 2 avtomatik stansiyasi yuborgan fotosuratlarda bu dog‘ aks etgan edi. 1994-yilda Hubble dog‘ni birinchi marta suratga tushirdi.
Dog‘ yuqori bosimli atmosfera girdobidan iborat bo‘lib, u sayyora gaz qobig‘ida bulutlar hamrohligida tarqaladi. Ular metanning muzlagan kristallaridan tashkil topgan bo‘lib, bu doqqa qoramtir tus beradi.
OPAL (Outer Planet Atmospheres Legacy) dasturi doirasida olimlar dog‘ hajmidagi o‘zgarishlarni va uning sayyora atmosferasidagi siljishlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shu kabi kuzatishlar boshqa gazli gigantlar (Yupiter, Saturn, Uran) uchun ham olib borilmoqda.
Izoh (0)