Fransiya prezidenti Fransua Olland Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish jarayoni imkon boricha tezroq yakunlanishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda 24-iyun, juma kuni mamlakat hukumati rasmiy vakili Stefan Le Fol ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha jarayonlar eng qisqa muddatlarda o‘tkazilishi lozimligini bildirdi”, — deya ta’kidlagan Yelisey saroyida hukumatning navbatdan tashqari yig‘ilishi yakunlariga izoh bergan Le Fol.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq YeI rahbariyati ham Buyuk Britaniyadan bu masalani “paysalga solmaslik”ni so‘ragandi.
Izoh (0)