Afg‘onistonning Faryob viloyatida “Tolibon” ekstremistik harakatining 115 jangarisi taslim bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tolo telekanalining ma’lum qilishicha, Dashti-Layli va Ostona-Bobo aholi yashash punktlari hududidagi jangarilar hukumat kuchlariga jangsiz taslim bo‘lgan. Jangarilar komandiri Mavlaviy Tohir hukumat qo‘shinlariga 100 ta yengil va og‘ir qurol birligini topshirgan.
Bundan tashqari, Davlatobod tumanida 23-iyun kuni besh jangari o‘ldirilgan, Gurzivon tumanidagi aviazarba natijasida esa ekstremistlarning to‘qqiz komandiri yo‘q qilingan. G‘azni viloyatidagi to‘qnashuvlarda oxirgi 48 soat ichida “Tolibon”ning 30 jangarisi o‘ldirilgan va yaralangan.
Izoh (0)