Shotlandiya hukumati rahbari Nikola Sterjen, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha referendum natijalaridan qat’iy nazar, Shotlandiya o‘zini Yevropa Ittifoqi a’zosi sifatida ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u, Reuters xabariga ko‘ra, 24 iyun, payshanba kuni aytib o‘tdi.
“Shotlandiya o‘z kelajagini Yevropa Ittifoqi doirasida ko‘rayotganini ochiq bildirdi. Shotlandiya o‘z so‘zini aytdi va bu so‘zni qat’iy ohangda aytdi”, — dedi Sterjen.
Shotlandiyadagi saylovchilar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi uchun ovoz berdi. Xususan, shotlandlarning 62 foizi ittifoq tarkibida qolishni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 38 foizi bunga qarshi chiqdi.
23 iyun, payshanba kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish-qolmasligi masalasida referendum o‘tkazildi. Brexit tarafdorlari, ya’ni, Ittifoq tarkibidan chiqish istagidagilar 51,9 foiz ovoz bilan g‘olib chiqdi. Referendumda saylovchilarning 72 foizi ishtirok etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)