Yaponiya hukumati 24-iyun, juma kuni shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi. Unda Buyuk Britaniyadagi referendum natijalari, shuningdek, shu munosabat bilan iqtisodiy choralar qabul qilish zarurati muhokama etiladi. Bu haqda, Kyodo News agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, yig‘ilishda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Taro Aso ishtirok etadi.Avvalroq Aso jurnalistlarga Yaponiya hukumati fond va valyuta bozorlaridagi keskin o‘zgarish munosabati bilan vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha bir qator choralarni qabul qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 23-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi tarafdorlari g‘alaba qozondi. Britaniyaliklaring 52 foizi (17,41 million kishi) Britaniyaning Yevroittifoqdagi a’zoligini to‘xtatishi uchun, 48 foizi (16,14 million kishi) esa bunga qarshi ovoz berdi.
Izoh (0)