O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Almazbek Atambayev samimiy uchrashuv uchun Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti o‘rnak oladigan darajada yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi.
Bundan tashqari, Almazbek Atambayev Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini qayd etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)