24-iyunning ertalabki soatlarida Anqara universitetida kelib chiqqan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sabah nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Anqara universitetining Tibbiyot fakulteti Fizik terapiya bo‘limi dorixonasi texnik xodimi Anvar Turkman to‘rt nafar hamkasbini otib tashlagan.
Aytilishicha, dorixona xodimlari o‘rtasidagi ixtilof universitet rektoriga ma’lum bo‘lib, buning yuzasidan ichki surishtiruv o‘tkazilayotgan edi.
Mahalliy vaqt bilan soat 10:40 da Anvar Turkman muassasaga qurol olib kelib, dorixonachilar Gursu Ulashan, Ilknur Yuje va O‘zler Kirishlarni otib tashladi. Yaralangan to‘rtinchi dorixonachi — Hikmat Turk, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, olamdan o‘tdi.
Jinoyatchi qo‘lga olindi. Prokuratura surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Izoh (0)