Fransiyada davom etayotgan Yevropa Chempionatida guruh bosqichiga rasman yakun yasaldi va nimchorak finalga yo‘llanma olgan 16 terma jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.
Musobaqaning “E” guruhi 3-turida Italiya terma jamoasi Irlandiyadan 0:1 hisobida yengildi. Guruh peshqadamligini 2-turdan keyinoq hal etib qo‘ygan Italiya bellashuvga ikkinchi tarkibi bilan chiqib keldi va guruh bosqichini 9 ochko bilan yakunlagan yagona jamoaga aylanish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Robert Bredining 85-daqiqada kiritgan yagona goli Irlandiya terma jamoasini nimchorak finalning so‘nggi ishtirokchisiga aylantirdi. Natijada Turkiya terma jamoasi Yevro—2016 bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.
Qayd etish kerak, guruh bosqichini 3-o‘rinda yakunlagan Albaniya va Turkiya terma jamoalari 6 ta guruhda so‘nggi pog‘onadan joy olgan termalarga qo‘shilib, Yevropa Chempionatini tark etdi.
“E” guruhidagi ikkinchi bellashuvda Shvetsiya terma jamoasi Belgiyaga imkoniyatni boy berdi. Radja Naynggolanning 84-daqiqada kiritgan yagona goli uchrashuv taqdirini hal etdi.
Shu tariqa Italiya va Belgiya termalari 6 ochko, Irlandiya 4, Shvetsiya esa 1 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Yevropa Chempionatining nimchorak finaliga yo‘l olgan jamoalar bilan tanishing: Fransiya, Shveysariya, Uels, Angliya, Slovakiya, Germaniya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Xorvatiya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Irlandiya, Vengriya, Islandiya va Portugaliya.
[wpse_match id="351467" show_title=1]
[wpse_match id="351469" show_title=1]
Izoh (0)