Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Anqarada ayni paytda Rossiya hukumatidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun uzr so‘rash masalasi muhokama etilmayapti. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on vakili Ibrohim Qalin ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “Ca-news.org”

Foto: “Ca-news.org”

Qalinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati hodisadan qayg‘uda ekanligini aytib bo‘lgan. “Uzr so‘rash va kompensatsiya haqida gap bormayapti”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘onning vakili. U, shuningdek, Rossiya samolyoti, Anqara fikricha, Turkiya havo hududiga bostirib kirganiga e’tibor qaratdi.

Qalin ta’kidlashicha, munosabatlar normallashuvi haqida gapirishga “hozircha erta”, ammo uning qayta tiklanishiga umid bor. Erdo‘g‘onning vakili, shuningdek, Turkiya prezidenti Rossiya kuni munosabati bilan Vladimir Putinga yo‘llagan maktub haqida aytib o‘tdi. Uning aniqlik kiritishicha, Turkiya prezidenti buni davlatlararo an’anaga muvofiq qilgan.

2015-yilning 24-noyabrida Turkiyaning F-16 qiruvchisi Rossiyaning Su-24M bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi