Yevro—2016 “D” guruhining 3-turida Ispaniya terma jamoasi Xorvatiyadan 1:2 hisobida yengildi.
Bellashuvda ispaniyalik futbolchilar zafar quchishi ham mumkin edi, agar jamoa sardori Serxio Ramos 72-daqiqadagi penaltini aniq amalga oshirganda. Uning zarbasini esa xorvatiyalik darvozabon Daniel Subashich bartaraf etdi.Qayd etish kerak, bu “Real” klubi futbolchilarining Yevro—2016 dagi ikkinchi muvaffaqiyatsiz penaltisi bo‘ldi. Bunga qadar Portugaliya termasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Avstriyaga qarshi bellashuvda penaltidan foydalana olmagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)