20-iyun kuni Toshkent shahrida kichik soyabonlar xiyoboni paydo bo‘ldi. Bu haqda “Afisha.uz” ma’lumoti asosida “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Poytaxtning Sodiq Azimov (M1) ko‘chasidagi yo‘lakcha bo‘ylab 50 dan ziyod rang-barang soyabon osib qo‘yilgan.
Yaqin kunlarda mazkur xiyobon maxsus chiroqlar bilan yoritiladi. Bu esa xiyobonda tungi vaqtda ham sayr qilish imkonini beradi. Soyabonlar installyatsiyasi joriy yilning avgust oyi o‘rtalariga qadar ochiq bo‘ladi.
Portugaliyada ushbu aksiya Umbrella Sky nomi bilan mashhur. Ilk bora 2011-yilda Aguyeda shahridagi tor ko‘chalardan biri rangli soyabonlar bilan “yopilgan” edi. Shundan buyon har yili iyul oyida bu an’ana davom etib kelmoqda. Soyabonlar ostida turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.
Izoh (0)