Facebook asoschisi Mark Sukerberg shaxsiy ma’lumotlarini xakerlar qo‘lga kiritmasligi uchun noutbugining veb-kamerasi va mikrofoniga skotch yopishtirib qo‘ydi. Bu haqda, Gizmodo nashri ma’lumotiga tayanib, “Vc.ru” xabar bermoqda.
21-iyun kuni Sukerberg Facebook’dagi sahifasiga Instagram’ning bir oylik foydalanuvchilari soni 500 millionga yetganligini ma’lum qiluvchi xabar bilan birga tushgan suratini joyladi. Suratda uning ish stolida turgan noutbukning kamerasi va mikrofoni skotch bilan berkitib qo‘yilganligini ko‘rish mumkin.
Gizmodo nashrining ta’kidlashicha, bu xakerlarga Sukerbergning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Izoh (0)