Avstriyalik ayol past darajali aql-idroki tufayli, qizi va o‘g‘liga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum etildi, deb yozadi “Korrespondent.net” Local nashriga tayanib.
Ijtimoiy xizmat xodimlari 34 yoshli Evelin Myullerning 64 balli IQ darajasi bolalarni yaxshi tarbiyalash uchun yetarli emas, deb hisoblab, undan bolalarini olib qo‘ydi. Ularni yetimxonaga joylashtirdi va tez orada yangi oilalarga berib yubormoqchi.
Nashr yozishicha, 64 balli va undan past IQ darajasi har 122 kishidan birida uchraydi, Quyi Avstriya federal o‘lkasidagi Shtatsendorf qishloq kommunasi ijtimoiy xizmatlari esa bunday daraja bolalarni tarbiyalash uchun yetarli emas, deb hisoblaydi.
Myuller xayriya tashkiloti yordamida advokat yolladi va ota-onalik majburiyatlarini bajarishga qodirligini da’vo qilmoqda. O‘rta ta’limga ega bo‘lish uchun uning aql-idroki yetarli bo‘lgan, demak bolalarga g‘amxo‘rlik qilish ham uning qo‘lidan keladi.
Izoh (0)