Ahmad Qodirov nomidagi jamg‘arma Ramazon oyi davomida Suriyaning turli viloyatlarida 120 tonna oziq-ovqat tarqatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, jamg‘arma vitse-prezidenti Ziyod Sabsabiy ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hozirda ham Damashqning kambag‘al tumanlari aholisi har kuni 20 mingta kechki ovqat va 5 mingta nonushta olmoqda.
“Kambag‘al tumanlar va boshpanalarda har kuni 20 mingta iftorlik (kechki taom) va 5 mingta saharlik (nonushta) tarqatilmoqda. Yaqin kunlarda 120 tonna oziq-ovqatni (12 kilogrammdan o‘n ming quti) tarqatish boshlanadi. Hozircha aksiya Kafrsusi, Ash-Shagur, Barze, Daraya, Beyt-Suxn, Sayyida Zaynab va Vadi Mashariy (Damashq va Damashqning chekka qismi) tumanlarida o‘tkazilmoqda”, — deya ma’lum qildi Sabsabiy.
Sabsabiy jamg‘arma oziq-ovqat tarqatishdan tashqari, Suriyaning turli shaharlaridan 150 nafar kasal yetim bolalarning davolanishini ta’minlashni rejalashtirayotganligini ta’kidlab o‘tdi.