Hindiston janubi-g‘arbidagi Karnataka shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda 21-iyun, seshanba kuni NDTV telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Bolalar maktabga ketayotgan mikroavtobus katta avtobus bilan to‘qnashib ketdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana 11 kishi jarohat olgan. Ulardan biri og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)