Meksikaning Oaxaka shtatida yuzaga kelgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi. Shtatda o‘qituvchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan edi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq sakkiz nafar qurbon va 100 dan ortiq odamning jabrlanganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Shtat bosh prokurori Xoakin Karillyoning ma’lum qilishicha, yetti kishi o‘q jarohati, yana bir kishi portlovchi moddaning harakatga keltirilishi oqibatida halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlardan hech biri o‘qituvchi bo‘lmagan.
O‘qituvchilar va politsiyachilar o‘rtasidagi to‘qnashuv 19-iyun, yakshanba kuni yuzaga kelgan edi. Namoyishlarga mamlakat prezidenti tomonidan ta’lim sohasida ishlash huquqini beruvchi normalarni keskinlashtirish bo‘yicha joriy qilingan ta’lim islohoti sabab bo‘ldi.
Izoh (0)