Isroil xavfsizlik xizmati 21-iyun, seshanba kuni Tel-Avivning janubiy qismidagi Yaffada joriy yilning 8-mart kuni AQSh fuqarosini o‘ldirib, yana 12 kishi, jumladan, to‘rt nafar rossiyalik sayyohga jarohat yetkazgan falastinlikning uyini buzib tashladi. Bu haqda, Haaretz gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Isroil kuchlari mart oyida AQSh fuqarosini o‘ldirgan falastinlikning uyini buzib tashladi”, — deyiladi gazetada.
Ma’lum qilinishicha, Tel-Avivda terakt amalga oshirgan Bashar Masalxa yashagan uyni buzishda Isroil armiya mudofaasi, chegara politsiyasi va G‘arbiy sohil fuqarolik ma’muriyati ishtirok etgan.
Tel-Avivda Masalxa tomonidan 8-mart kuni sovuq qurol yordamida sodir etilgan terakt oqibatida AQSh fuqarosi o‘ldirilgan, yana 12 kishi jarohat olgan edi.
Izoh (0)