2016-yilning 20—22-iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Majlis kun tartibidan ShHTning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yubiley Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq amaliy masalalarni muhokama qilish o‘rin olgan.
Izoh (0)