AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari samolyotlari va turk artilleriyasi Suriya shimolida IShID radikal guruhining 23 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda, Haberturk telekanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, Turkiyaga qarshi hujum tayyorlashda gumon qilinayotgan jangarilarga qarshi operatsiya davomida turk va koalitsiya kuchlari 33 ta marra bo‘yicha zarba bergan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)