Germaniyaning sport kiyim-boshi ishlab chiqaruvchi Puma kompaniyasi Shveysariya terma jamoasi futbolchilarining egnidagi forma nima sababdan yirtilganini tushuntirib berdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari kompaniya vakili ekspertlar tekshiruv yakuniga ko‘ra tez orada xulosalarini oshkor etishini bildirgan edi.
Endilikda ma’lum bo‘lishicha, kiyim-boshning shu partiyasini tayyorlashda ishlatilgan tikuv materiali nuqsonli bo‘lgani bois futbolkalar yirtilgan ekan.
Ta’kidlanishicha, mato iplari ishlab chiqarish jarayonida zararlagan, shu bois shveysariyalik futbolchilar egnidagi forma osonlikcha yirtilgan.
Kompaniya vakili bu matodan boshqa partiyalarda foydalanilmaganini aytib o‘tdi.
Shveytsariya terma jamoasidan tashqari, Puma Avstriya, Chexiya, Italiya va Slovakiya milliy jamoalariga ham futbol formasi tayyorlab beradi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro–2016 “A” guruhi 3-turi doirasidagi Fransiya–Shveysariya o‘yinida besh shveysariyalik futbolchining egnidagi forma yirtilib ketdi.
Izoh (0)