Moskvaning Vnukovo aeroportida politsiyachilar terminalni portlatish bilan tahdid qilgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi transport boshqarmasi matbuot xizmatining bildirishicha, aerovokzal kompleksidagi A terminalining ikkinchi qavatiga noma’lum kishi chiqib, bombasi borligini aytgan. Politsiya xodimlari darhol voqea joyiga yetib borib, mast ahvoldagi erkakni qo‘lga olgan va navbatchi qismga yetkazgan. Tintuv paytida uning yonidan shubhali hech narsa topilmagan.
55 yoshli erkak uysiz bo‘lib, tahdidni nima sababdan amalga oshirganini tushuntirib bera olmagan.
Voqea yuzasidan terrorchilik akti haqidagi yolg‘on xabar aybi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)