Eron maxsus xizmatlari Tehronda terakt sodir etilishining oldini oldi. Bu haqda Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik Oliy kengashi kotibi Ali Shamxaniy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi bir necha kun davomida Eron poytaxtida portlashlar sodir etishni rejalashtirgan gumonlanuvchilar hibsga olingan. Ular o‘z niyatini musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida amalga oshirishni rejalashtirgan.
Shamxaniy aholining ogohligi va tegishli xizmatlarning omilkorligi tufayli Eronning qaysi hududida bo‘lmasin, bu kabi rejalarni amalga oshirishning oldi zudlik bilan olinishini ta’kidladi.
Bir oy avval razvedka ishlari bo‘yicha vazir Mahmud Alaviy Eronda portlovchi qurilmalarni harakatga keltirishni rejalashtirgan 20 ta terrorchilik guruhi fosh etilganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)