Qozog‘istonning Aqto‘be shahridagi terakt diniy rahnamo Abu Muhammad al-Adnoniyning chorloviga binoan amalga oshirilgani aniqlandi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
Idrisovning ta’kidlashicha, al-Adnoniy internet orqali butun dunyodagi tarafdorlariga murojaat etib, ularni Ramazon oyi arafasida zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirishga chorlagan.
Al-Adnoniyning shaxsiyati haqida boshqa ma’lumot taqdim etilmadi. Matbuot vakillari IShIDning rasmiy vakili, Abu Muhammad al-Adnoniy nomi bilan faoliyat yuritadigan Taxa Subhi Falaxa nazarda tutilganini taxmin qilmoqda.
“Biz tegishli raqamlarga egamiz va boshqa mamlakatlardagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikda ishlamoqdamiz. Bunday voqealar boshqa takrorlanmaydi, deb umid qilamiz”, — deb xulosa qildi tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni noma’lum shaxslar Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida joylashgan bir qancha qurol do‘konlarini talon qildi, shundan so‘ng ular politsiya bilan to‘qnash kelganligi haqida xabar berilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.