Braziliya hukumati Rio-de-Janeyroga 2016-yilgi Yozgi olimpiada o‘yinlari chog‘ida infratuzilma va xavfsizlik ta’minoti uchun zarur xarajatlarni qoplashga 2,9 milliard real (849 million dollar) ajratadi. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq Rio-de-Janeyro gubernatori Braziliyadagi iqtisodiy muammolar oqibatida, shaharning o‘yinlarni o‘tkazish uchun puli yo‘qligini aytgan edi.
Braziliya hukumati may oyida shaharga metropolitenning qo‘shimcha liniyasini qurish ishlarini yakunlash uchun 1 milliard real (300 ming dollar) ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan edi.
Olimpiada o‘yinlari Rio-de-Janeyroda 5-avgustdan 21-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)