Turk chegarachilari Suriyaning Idlib viloyatidagi harbiy to‘qnashuvlardan qochib, Turkiyaga o‘tishga harakat qilgan oilani otib tashladi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bir oila vakillari bo‘lgan 11 Suriya fuqarosi Jisr ash-Shuxur aholi yashash punkti yaqinida chegaradan o‘tishga uringan. Bunga javoban chegarachilar o‘t ochgan.
Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar borligi aytilmoqda.
Izoh (0)