Hindiston janubidagi Tiruvannamalay shahrida xorror janridagi “Afsun—2” filmining taqdimot namoyishi chog‘ida tomoshabinlardan biri yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
The Times of India nashriga ko‘ra, filmdagi voqealar avjiga chiqqan payt 65 yoshli tomoshabin do‘stiga ko‘krakdagi og‘riqdan shikoyat qilgan va hushidan ketgan. Tez yordam brigadasining urinishlariga qaramay, kasalxonada shifokorlar uning o‘lganini qayd etdi.
Tibbiyot xodimlari marhumning do‘stidan jasadni yorib ko‘rish uchun boshqa kasalxonaga eltishni so‘ragan, biroq u shu ketganicha g‘oyib bo‘lgan. Hozirda politsiya ikki erkakning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda.
Izoh (0)