Ukrainadagi Krivoy Rog shahrida “Shmel” nomli yangi elektromobil taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Avtoblog xabar bermoqda.
Yangi transport vositasini olim va biznesmen Andrey Karpenko taqdim etdi.
Mashinaning maksimal tezligi 50 kilometr/soatni tashkil etadi. Bir marta quvvatlantirilgan mashina 60 kilometr yo‘l bosa oladi.
Elektromobilni quvvatlantirishga juda kam vaqt ketadi. Olim uni ekologik toza, shovqinsiz va qulay transport vositasi sifatida ta’riflamoqda.
Mashinadan ekskursiyalarda, sanatoriylarda va tibbiy muassasalarda foydalanish mumkin.
Izoh (0)