EgyptAir aviakompaniyasining may oyida halokatga uchragan A320 samolyotining bort o‘ziyozarlariga kuchli shikast yetgan va ular rasshifrovkadan oldin qayta tiklanishi lozim. Bu haqda, Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Agentlik manbasi “qora qutilar” qancha vaqt davomida tiklanishiga aniqlik kiritmagan, biroq agar Misr ularni qayta tiklashga muvaffaq bo‘lmasa, ular chetga yuborilishini ta’kidlab o‘tgan.
Halokatga uchragan samolyotning birinchi o‘ziyozari O‘rtayer dengizidan 16-iyun kuni topilgan edi. “Qora quti”ga shikast yetganligiga qaramasdan, mutaxassislar uning xotira blokini yuzaga chiqarishga erishgan edi. Ikkinchi “qora quti”ni qutqaruvchilar 17-iyun kuni topdi.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan, bortida 66 kishi bo‘lgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi.
Izoh (0)