Chikago shahrining chekka qismida joylashgan Shveysariyaning Nestle kompaniyasiga qarashli shokolad fabrikasida kimyoviy vositalarning sizib chiqishi yuz berdi. Bu haqda fabrika direktori o‘rinbosari Jon Radzinskining ma’lumotiga tayanib, ABC News ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Uning so‘zlariga qaraganda, xlorid natriy sizib chiqa boshlagandan keyin fabrika ishchilari nafas olish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qila boshlagan. Fabrikaning o‘zida tibbiy yordam olgan 17 kishidan 11 nafari shifoxonada qo‘shimcha tibbiy yordam so‘ragan.
Keyinroq Nestle vakilining ma’lum qilishicha, jabrlangan 11 nafar fabrika xodimining barchasiga tibbiy muassasadan ruxsat berilgan. Kompaniya vakilining so‘zlab berishicha, kimyoviy vositalar sizib chiqqandan taxminan 2,5 soat o‘tib, fabrika xodimlari ko‘ngil aynishi va nafas olishning qiyinlashishidan shikoyat qila boshlagan.
Hozirgi paytda fabrikada ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh (0)