Gavayi orollarida Pan-STARRS teleskopi orqali koinotni kuzatgan NASA reaktiv harakat laboratoriyasi mutaxassislari Yerning kvaziyo‘ldoshini aniqladi. 2016 HO3 asteroidi sayyoraga yuz yil avval hamrohlik qila boshlagan va Yer atrofidagi orbitada yana bir necha yuz yil bo‘ladi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, Yerning Quyosh atrofida aylanishi jarayonida uning kengligidan chiqmaganligi sababli diametri 40—100 metr atrofida bo‘lgan asteroidni kvaziyo‘ldosh hisoblash mumkin. 2016 HO3 shu yil 27-aprelda aniqlangan va shundan beri mazkur samoviy jism kuzatuv ostida edi.
Endi yangisi bilan qo‘shib hisoblaganda Yerda beshta kvaziyo‘ldosh bo‘ldi: 2016 HO3, (3753) Kruitni, (164207) 2004 GU9, 2010 SO16 va (367943) Duende. Ro‘yxatdagi oxirgi kvaziyo‘ldosh 2013-yil fevralida Yer markazidan minimal — 27 000 kilometr masofada uchib o‘tgandi.
Izoh (0)