KXDR hukumati mamlakat tarixida birinchi yirik aviashou o‘tkazilishi munosabati bilan yorqin bayramona dasturni tayyorladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aviashou mamlakat sharqidagi Vonsan kurort shahrida 24—26-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tayyorlov qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Li Sin Relning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, namunali chiqishlarda harbiy va fuqarolik samolyotlari qatnashadi. Tadbirni tashkil etishga chet ellik ekspertlar yordam ko‘rsatmoqda.
Tadbir tashkilotchilari sayyohlarning katta oqimini kutmoqda. Shou dasturida badiiy jamoalarning konsertlari, sportchilarning, jumladan, taekvondo murabbiylarining ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, pivo festivali ko‘zda tutilgan. Pxenyan yozgi klubi vakillari uchish qurilmalarining radio boshqaruv modellari parvozini namoyish etadi. Tomoshabinlar Shimoliy Koreyaning Air Koryo aviakompaniyasi samolyotlarida parvoz qilishlari mumkin.
Hukumat, shuningdek, Yapon dengizi sohilida mushakbozlik uyushtirishga va’da bermoqda.
Izoh (0)