Xitoyning bir nechta provinsiya va tumanlarida jala va ko‘chkilar oqibatida 13 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Yana 13 kishi bedarak yo‘qolgan. Noqulay ob-havo Szyansi, Xunan, Guychjou, Guandun provinsiyalari, shuningdek, Guansi-Chjuan avtonom tumaniga zarar yetkazdi.
Hukumat jami 50 mingdan ortiq odamni vaqtincha boshqa joyga ko‘chirish yoki evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Tabiiy ofat 1,4 mingdan ortiq uyni vayron qildi, yuzlab binolarga jiddiy zarar yetdi.
Hukumat tabiiy ofat oqibatida yetgan zarar 40 million AQSh dollaridan oshganligini ma’lum qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning janubiy Guychjou provinsiyasida kuchli yomg‘irlar tufayli suv toshqini va ko‘chkilar oqibatda kamida besh kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)