Niger hududidagi Sahroi Kabir cho‘lidan 15-iyun, chorshanba kuni 34 nafar muhojirning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy hukumat xabariga asoslanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, muhojirlarni boshlab borayotgan odam ularni cho‘lda qoldirib ketgan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, to‘qqiz nafar ayol, besh nafar erkak va 20 nafar bola 6-iyundan 12-iyungacha bo‘lgan davrda halok bo‘lgan. Niger prezidenti Mahammadu Issufu qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga qaraganda, o‘tgan yili Niger shimolida joylashgan Agades shahri orqali 120 ming kishi o‘tgan. Liviya orqali Yevropaga yetib olishga uringan 37 nafar muhojir cho‘lda halok bo‘lgan.
Izoh (0)