Amerikaning Pirs okrugida (Vashington shtati) joylashgan xususiy klinikada 15-iyun, chorshanba kuni qurollangan erkak shifokorga qarata o‘q uzdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda, politsiya boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Hozirgi paytda biz hodisa nima sababdan yuz berganligi haqida ma’lumotga ega emasmiz”, — deydi Pirs huquq-tartibot organi rasmiy vakili Edvard Troyer.
Politsiya 35 yoshli qotil “Makkenna” klinikasining bemori ekanligini aniqladi. Otib o‘ldirilgan 46 yoshli erkak 11 yil xiropraktik bo‘lib ishlagan. U oila qurgan bo‘lib, ikki nafar farzandini tarbiya qilayotgan edi.
Izoh (0)